
Pskom tizmasining ulkan Zamok va Devoli Surh cho'qqilariga 3 kunlik sayohat qildik:
1-kun. Ispay qishlog'idan sharsharagacha borib biroz mizg'ib oldik, asta yuqoriga ko'tarilib 2758 metr balandlikda to'xtab, lager qurdik, shu yerda birinchi va ikkinchi kechalarimizni o'tkazdik. Narsalarimiz ko'pligi hisobiga ispaydan ot gaplashib yeguliklarimizni tepaga olib chiqib, o'zlari qaytib ketdilar. (bizga ko'maklashgan akamiz kontaktlari: instagram: @ispay.travel, +998943951191 | +998943524448)
2-kun. Soat tahminan 3:00larda uyg'onib, nonushta qilib, cho'qqilar tomon yo'lga otlandik. Tahminan 8:30larda Devoli Surh cho'qqisida bo'ldik. Keyingi Zamok cho'qqisiga bo'lgan yo'limizda endi bizni tikka ko'tarilishlar emas, balkim toshli qoyalar kutib turgandi. Cho'qqiga ozgina qolganda yuradigan yo'l qolmay, tikka ko'tariladigan joy ham chiqdi, shu joyida kaska va alpinistik arqonlardan foydalandik. Arqondan ko'tarilib olgandan keyin, cho'qqi ko'rinib turgandi, 500metrlik masofa va 200metr yuqoriga ko'tarilib soat 12:30larda Zamok cho'qqisida bo'ldik. Lagerga shom payt(~19:30)lari yetib bordik.
3-kun. Kechagi charchoqlarni bemalol chiqarib olib, lager bilan soat 7:00larda xayrlashib, yo'lga otlandik. Ispay qishlog'iga chamasi 13:00-14:00lar atrofida tushdik.
Rent tents, backpacks, sleeping bags, and more — picked up in Tashkent.
8 items