• Xarita
  • Musobaqalar
  • Ijara
Ekstremal

Ispay - Devoli Surh - Zamok | Испай - Деволи Сурҳ - Замок

Masofa
21 km
Davomiylik
29-30 soat
Balandlik o'sishi
2 849 m
Maks. balandlik
3 653 m
Marshrut turi
Bir tomonlama

Bu marshrut 21 «Ufq» musobaqasining bir qismi!

Musobaqada qatnashing va ko'proq manzillarni kashf eting

Bu marshrut 21 "Kaskad" musobaqasining bir qismi!

Musobaqada qatnashing va ko'proq manzillarni kashf eting

Tafsilotlar
Balandlik profili
Ob-havo
Sharhlar
Ibrohimjon
Marshrut muallifiIbrohimjonJamiyat

Pskom tizmasining ulkan Zamok va Devoli Surh cho'qqilariga 3 kunlik sayohat qildik:

1-kun. Ispay qishlog'idan sharsharagacha borib biroz mizg'ib oldik, asta yuqoriga ko'tarilib 2758 metr balandlikda to'xtab, lager qurdik, shu yerda birinchi va ikkinchi kechalarimizni o'tkazdik. Narsalarimiz ko'pligi hisobiga ispaydan ot gaplashib yeguliklarimizni tepaga olib chiqib, o'zlari qaytib ketdilar. (bizga ko'maklashgan akamiz kontaktlari: instagram: @ispay.travel, +998943951191 | +998943524448)

2-kun. Soat tahminan 3:00larda uyg'onib, nonushta qilib, cho'qqilar tomon yo'lga otlandik. Tahminan 8:30larda Devoli Surh cho'qqisida bo'ldik. Keyingi Zamok cho'qqisiga bo'lgan yo'limizda endi bizni tikka ko'tarilishlar emas, balkim toshli qoyalar kutib turgandi. Cho'qqiga ozgina qolganda yuradigan yo'l qolmay, tikka ko'tariladigan joy ham chiqdi, shu joyida kaska va alpinistik arqonlardan foydalandik. Arqondan ko'tarilib olgandan keyin, cho'qqi ko'rinib turgandi, 500metrlik masofa va 200metr yuqoriga ko'tarilib soat 12:30larda Zamok cho'qqisida bo'ldik. Lagerga shom payt(~19:30)lari yetib bordik.

3-kun. Kechagi charchoqlarni bemalol chiqarib olib, lager bilan soat 7:00larda xayrlashib, yo'lga otlandik. Ispay qishlog'iga chamasi 13:00-14:00lar atrofida tushdik.

Balandlik profili

Balandlik ma'lumotlari yo'q

Ob-havo

So'nggi sun'iy yo'ldosh tasvirlariSentinel-2 · Copernicus Browser

Sharhlar

Birinchi bo'lib sharh qoldiring.

Ushbu sayohat uchun jihoz kerakmi?

Chodir, ryukzak, uxlash xaltasi va boshqalarni ijaraga oling — Toshkentda olib ketiladi.

Barcha piyoda yurish jihozlarini ko'rish

8ta mahsulotlar

Sizga kerak bo'lishi mumkin

2-3 kishilik chodir

2-3 kishilik chodir

Tabiatda dam olish uchun ideal yechim. Yengil, mustahkam va barcha ob-havoga bardoshli. Chodir bir necha daqiqada o'rnatiladi, ichida 3 kishi bemalol joylashadi.

140,000 so'm/kun
Naturehike 40L kunlik ryukzak

Naturehike 40L kunlik ryukzak

Bir kunlik tog' yurishi, shahar yoki kemping uchun ajoyib hamroh. Ergonomik dizayn, tanangizga yaqinlashadi, og'irlikni teng taqsimlaydi.

50,000 so'm/kun
Treking tayoqlari

Treking tayoqlari

Tog'dagi sayr, hiking va uzoq sayohatlar uchun ideal hamroh. Muvozanat yaxshilanadi va qadamlar mustahkam bo'ladi

30,000 so'm/kun
Naturehike oshxona to'plami (2–4 kishilik)

Naturehike oshxona to'plami (2–4 kishilik)

Tabiatda qulay pishirish uchun zarur jihozlarning hammasi bitta kompakt to'plamda. Alyuminiy qotishmasi tez isiydi, yuvish oson, uzoq xizmat qiladi.

35,000 so'm/kun
Naturehike 60+5L ko'p kunlik ryukzak

Naturehike 60+5L ko'p kunlik ryukzak

Ekspeditsiyalar va bir necha kunlik yurishlar uchun mo'ljallangan. Katta hajmi barcha jihozlaringizga yetadi — chodir, uyqu qopi, ovqat, kiyim.

75,000 so'm/kun
Naturehike IP66 boshga kiyiladigan fonar

Naturehike IP66 boshga kiyiladigan fonar

Kemping, baliq ovi, tog' yurishi va favqulodda holatlar uchun zarur jihoz. Qo'llaringiz bo'sh qoladi, yorug'lik har doim kerakli yo'nalishda.

15,000 so'm/kun
Naturehike uyqu xaltasi (konvert, 3 mavsum)

Naturehike uyqu xaltasi (konvert, 3 mavsum)

Kempingda tinch va iliq uxlash uchun eng yaxshi yechim. Konvert shakli erkin joylashish imkonini beradi, to'liq ochilganda qo'shimcha ko'rpa sifatida ham ishlatish mumkin.

45,000 so'm/kun
Naturehike karemat 200×65 sm

Naturehike karemat 200×65 sm

Tunda yerning sovug'i va namligidan himoyalanish uchun zarur jihoz. Alyuminiy qatlam issiqlikni qaytaradi, IXPE esa yumshoq va mustahkam.

30,000 so'm/kun

Yaqin atrofdagi marshrutlar

Devoli Surh

Devoli Surh

Ispay Sharsharasi va G'ori

Ispay Sharsharasi va G'ori

Ispay Sohibjamoli (2553 m.)

Ispay Sohibjamoli (2553 m.)

Qurdupur (100 m)

Polvonak Sharsharalari: Obi Par, Opar, Qoʻshpar

Polvonak Sharsharalari: Obi Par, Opar, Qoʻshpar

Oynatosh (2552 m)

Oynatosh (2552 m)

Chadak bir kunlik | Чадак однодневка

Bodoq Ko'llari va Sharsharasi

Bodoq Ko'llari va Sharsharasi

Axsarsoy

Axsarsoy

Tegishli maqolalar

  • Tog‘lar xatoni kechirmaydi: Xavfsizlik va omon qolish san’ati
    hiking
    Tog‘lar xatoni kechirmaydi: Xavfsizlik va omon qolish san’ati